16 may 19:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Oliveyra g'alabadan so'ng Konorga murojaat qildi
UFCning engil vazndagi chempioni CHarlz Oliveyra Konor Makgregorga javob qaytardi.
Avvalroq irlandiyalik sportchi "Qiziq, UFCning engil vazndagi 12-chempioni kim bo'larkin..." mazmunida tvit qoldirgandi.
Oliveyra esa unga shunday javob berdi:
"Konor, Dastin Pore haqida o'yla. Biz esa keyin gaplashamiz. Sen shunchalik zo'r ekansan, oldin Dastin Poreni mag'lub et. Keyin esa Braziliyaga kel. Senga ko'rsatib qo'yaman.
U shunchaki ko'p gapiradigan bolalardan biri", - dedi Oliveyra.
Eslatib o'tamiz, Oliveyra bugun Maykl CHendlerni nokautga uchratib, UFCning engil vazndagi chempioniga aylangandi.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar