03 fev 17:17
Yangiliklar
Boks/MMA
Oliveyra: "Nurmagomedovlarning yana biriga qarshi jang qilishga tayyorman"
Braziliyalik UFC jangchisi Vinishius Oliveyra Said Nurmagomedov ustidan qozongan g'alabasidan so'ng, yana bir Nurmagomedovga qarshi jang qilishga tayyorligini bildirdi.
"Men dog'istonlik jangchilar haqida yomon gaplar gapirganman, lekin bu biznes. Endi menda dog'istonlik yigitlar uchun yana bir savol bor, gap Umar Nurmagomedov haqida ketmoqda: u men bilan jang qilishga jurat eta oladimi? Agar Dana Uayt bu jangni tashkil etishga rozi bo'lsa, men Umarga qarshi chiqishga tayyorman. Lekin o'ylaymanki, u mendan qo'rqadi", – dedi Oliveyra.
SHuningdek, Oliveyra bu yil kamar uchun jang qilish niyatida ekanligini ham malum qildi.
"Menga yana bir kuchli raqib bering. SHu yil kamida uchta jang o'tkazmoqchiman. Yil oxiriga borib esa, chempionlik jangida qatnashmoqchiman", – dedi u.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar