13 apr 07:12
Yangiliklar
Boks/MMA

Oliveyra UFC'dan haydaldi
Kovboy Oliveyra endi UFC jangchisi emas.
Braziliyalik yarim o'rta vaznli Aleks «Kovboy» Oliveyra endi dunyoning eng yaxshi MMA ligasi jangchisi emas. Braziliyalikning UFC'dan chetlatilishi haqida vaziyatga yaqin manbalar xabar berishdi.
2015 yilning mart oyida UFC'da debyut qilgan 34 yoshli Aleks Oliveyra tashkilot bayrog'i ostida 22 ta jang o'tkazib, 11 ta g'alaba va 10 ta mag'lubiyatga ega va u ishtirokidagi yana bir jang natija elon qilinmasdan yakunlangan.
Ayni damda braziliyalik jangchi faoliyatida og'ir damlarni boshdan kechirmoqda va SHavkat Rahmonov, Rendi Braun, Niko Prays va Kevin Xollandga yutqazib, to'rtta mag'lubiyatdan iborat seriyasini davom ettirmoqda.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar