07 mar 07:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Olti bokschimiz Osiyo chempionati medalini naqd qildi + FOTOGALEREYA
Iordaniyaning Amman shahrida o'tkazilayotgan boks bo'yicha Osiyo chempionatida o'smirlar o'rtasidagi chorak final bahslari tashkil etildi.
Kecha kun davomida 6 nafar bokschimiz chorak finalda ringga ko'tarildi va ularning barchasi g'alaba qozonib, yarim finalga yo'l oldi. Ushbu g'alaba orqali olti nafar bokschimiz Osiyo chempionatining kamida bronza medalini naqd qilib qo'ydi.
- Ilhomjon Ergashev iroqlik raqibini birinchi raundda mag'lub etdi.
- Samandar Olimov tojikistonlik bokschidan ustun keldi.
- Sunnatilla O'ktamaliev qirg'izistonlik raqibini mag'lubiyatga uchratdi.
- Mironshox Norqosimov iordaniyalik bokschini mag'lub etdi.
- Farrux To'laganov eronlik bokschini mag'lub etdi.
- Mirzakamron Yunusov BAA vakilini ikkinchi raundda mag'lubiyatga uchratdi.
Janglardan olingan suratlarni tomosha qiling.
Havola :
Manba : t.me/boxinguzbekistan
Fikrlar