24 sen 17:17
Yangiliklar
Olti nafar hamyurtimiz Naiza 67 turnirida jang qildi
Musobaqada olti nafar o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi oktagonga ko'tarildi.
Hamyurtlarimizning uch nafari o'z jangida g'alaba qozongan bo'lsa, qolgan uch sportchi mag'lubiyatni qabul qilib oldi.
Natijalar:
Botirjon Abdusamiev (1-0) qirg'izistonlik Amantur Baibitovni (1-1) 1-raundda bo'g'ish usuli orqali mag'lub etdi.
Baxtiyor Xalilov (4-0) qozog'istonlik Batirxan Koshenni (1-1) 1-raundda bo'g'ish usuli orqali mag'lub etdi.
Olim Tillaev (2-4) qozog'istonlik SHingis Kamalga (4-0) 1-raundda texnik nokaut orqali mag'lub bo'ldi.
Ixtiyor Murtozaev (2-1) qozog'istonlik Bekjan Bakirovni (0-1) hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etdi.
Dilshod Isoqov (1-2) Xitoy vakili Edil Orazbekka (6-3) 1-raundda bo'g'ish usuli orqali mag'lub bo'ldi.
Abdurauf Raxmonov (1-1) qozog'istonlik Asan Sultanovga (2-0) 1-raundda texnik nokaut orqali mag'lub bo'ldi.
Fikrlar