24 avg 14:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Muhammadjon Qurbonov Naiza 76 turnirida braziliyalik raqibini nokautga uchratdi (VIDEO)
Kecha Qozog'istonning Olma-Ota shahridagi ADD Arena majmuasida MMA bo'yicha Naiza 76 turniri bo'lib o'tdi.
Xabar berganimizdek, musobaqada o'zbekistonlik 33 yoshli aralash yakkakurash ustasi, yarimengil vazn toifasida Octagon League'ning sobiq chempioni Muhammadjon Qurbonov ishtirok etdi. Hamyurtimizga turnir doirasida braziliyalik Marino da Silva raqiblik qildi.
Uch raundlik jang ikkinchi raundda muddatidan oldin nihoyasiga etdi. Qurbonov raqibini ketma-ket zarbalari orqali yiqitdi.
SHu tariqa, Muhammadjon faoliyatidagi 19-jangida 15-g'alabasini qo'lga kiritdi. Braziliyalik sportchisining rekordi esa endilikda 15-12-0 ko'rinishida. Kecha u faoliyatidagi 12-mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar