So’nggi yangiliklar

20:45Бутунжаҳон шахмат Олимпиадасида 6-турида асосий рақиблардан бири мағлуб этилди ва бошқа натижалар 1 18:18Осиё ўйинлари. Мусобақанинг учинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0 18:02Месси "жарималар қироли" бўлишига уч қадам қолди 0 17:30Осиё ўйинларининг иккинчи кунида битта олтин ва битта бронза! 0 13:37Шахматчиларимизнинг олтинчи раунддаги рақиблари анчайин жиддий! 0 12:31Маҳмуд Мурадов Роман Долидзедан учралган мағлубиятни изоҳлади (ВИДЕО) 0 11:11Швейцария. Беҳруз Каримов голли пас берди, "Лугано" йирик ғалабани тантана қилди 0 10:47Осиё ўйинларида иштирок этувчи теннисчиларимиз орасида Камилла, Мария ва Полина йўқ! Нега? 0 09:43Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: 6-тур жуфтликлари билан танишинг 0 08:54Чирчиқда ўзбек жанг санъати бўйича Ўзбекистон кубоги ўтказилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:21ХХ Осиё ўйинлари. Икки ММАчимиз финалда! 0 07:34XX Осиё ўйинлари. Биринчи кундан кейин Хитой яққол пешқадам, Қозоғистон илк кундаёқ 6 та медаль қўлга киритди 0 07:03"11 киши 9 кишига қарши ўйнаганини тасаввур қилиб кўринг". Моуринью — "Реал"нинг "Атлетико"га қарши ўйини ҳақида 0 20:50Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Венгрия йирик ҳисобда мағлуб этилди, қизларимиз АҚШ билан муҳим дуранг қайд этишди 0 20:45Осиё ўйинлари. Мусобақанинг иккинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0

27 noy 15:54
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Oltin vanna, bengal yo'lbarsi va bir garaj mashina. Tayson dunyodagi eng boy sportchi bo'lgan! Ammo u 700 million dollarni...

Teglar :  Mayk Tayson
Mayk Tayson nafaqat sport, balki moliyaviy tomondan ham rekordlar o'rnatgan.

O'tgan asrning 90-yillarida Taysonning bankdagi hisob raqamlarida janglardan ishlab olingan  yarim milliard dollarga yaqin pullari bo'lgan edi. Tayson bu pullardan nafaqat promouteri Don Kingning qallobliklari evaziga, balki shohona hayot tarzi sabab ham mahrum bo'lgan. Bunday shohona hayotni hozirgi kunda Floyd Meyveyzer ham o'ziga ravo ko'rmaydi.

Mayk o'zining birinchi chempionlik jangidanoq katta gonorarlar olishni boshlagan. Tayson 1986 yil Trevor Berbikga qarshi jangi uchun 1.5 million dollar miqdoridagi chekni qabul qilib olgan. Bu o'sha payt uchun katta miqdordagi pul edi.

Bir yil o'tmasdan, Tayson mutlaq chempionga aylandi va har bir jangi uchun o'nlab million dollarlar ishlab topishni boshladi. 1988 yili Maykl Spinksga qarshi jangida olgan gonorari o'sha davr rekordini o'rnatgan edi - 22 million dollar. Agar bu gonararni jang davom etgan soniyalarga bo'lsak, unda Tayson har bir soniya uchun 240 ming dollar ishlab olgan bo'ladi.

Tayson shunchalik ko'p pul topganidan, uni qaerga ishlatishni bilmagan.

O'sha davrlarni Tayson shunday eslaydi:

"Yoshligimda men pul bilan qanday muomala qilishni bilmas edi. Odamlarga pul ulashardim. Kechalar uyushtirardim. Juda ko'p qizlarga mashina olib berardim. Men o'sha payt aqldan ozgan edim".

Bir safar 30 yoshli Tayson 410 ming dollar sarflab ko'ngilochar kecha tashkil qilgan. Kechalar Maykning o'sha paytdagi eng nozik tomoni edi.

Mayk Taysonning asosiy uyi 21 xonali va 24 vannaxonali Konnektikut shtatidagi katta villasi edi. Uyning umumiy maydoni 15 ming kvadrat metr bo'lib, uy shunchalik kattaligidan u erda kazino va tungi klub ham joylashgan edi. Bundan tashqari bokschining Merilend, Ogayo va Las-Vegasda bir qancha uylari bor edi.

Tayson faoliyati davomida o'zi uchun 111 ta avtomobil sotib olgan, do'stlariga esa 19 ta mashina olib bergan. Tayson sevimli "Bentli Continental SC" mashinasi uchun 500 ming dollar sarflagan. Garajdagi qolgan joyni esa "Ferrari", "Lamborghini", "Range Rover", "Mercedez-Benz" va "Rolls Royce" avtomobillari egallagan.

Ko'pincha Tayson mashinasini ko'chada qoldirar yoki yaqinlariga haydash uchun berib turar edi. Keyinchalik mashinalarni qaerda qoldirgani yoki kimga berganini umuman eslay olmas edi.

Tayson bir marta rafiqasiga 2 million dollarlik oltin vanna sovg'a qilgan

Taysonning eng g'alati haridi o'zining birinchi rafiqasi Robin Givensga Rojdestvo uchun sovg'a qilgan sof oltindan yasalgan vanna hisoblanadi. Mayk uchun bu vanna 2 million dollarga tushgan.

Tayson intervyularining birida rafiqasi Givens uning yarim million dollarlik "Bentley Continental SC" mashinasini urib olganini va Tayson voqea joyidagi policiya xodimiga ishni bosti-bosti qilish uchun o'sha mashinani berib yuborgani haqida gapirgan edi.

"Men qamalishga tayyorlanayotgan edim. Policiyachiga mashinani taklif qildim, u esa rozi bo'ldi. Men uni yoniga bordim va shunchaki: "Ser, mashinani o'zingizga oling",-dedim. Uni harakatlaridan tushundimki, u rozi bo'ldi. Men yana: "Siz ko'p ishlaysiz, hayotingizni xavfga qo'yasiz, oling bu lanati mashinani", -dedim.

1992 yilda Mayk Taysonda jiddiy muammolar boshlandi. Maykni Dezire Vashington ismli mashhur aktrisani zo'rlashda ayblab hibsga olishadi. Mayk uch yilni qamoqda o'tkazadi. Ozodlikga chiqqach ham u ko'ngilxushliklarini kamaytirish haqida o'ylamaydi. Piter Maknili, Bryus Seldon va Evander Xolifild bilan o'tkazgan janglari uchun Mayk 100 million dollardan ortiq mablag' ishlaydi.

Taysonning o'sha paytlardagi harajatlari quyidagicha:

- Oyiga 100000$ taqinchoq va kiyim-kechaklar uchun.

- 400000$ kabutarlar va Bengal yo'lbarsi kabi katta hayvonlar uchun.

- Yiliga 125000$ hayvonlar qarovchisiga.

- Oyiga 250000$ kunlik harajatlarga.

- 300000$ maysa va bog' parvarishi uchun.

- 230000$ telefonlar, peydjer va ularning hisoblarini to'ldirish uchun.


Tayson Bengal yo'lbarsini sotib olish tarixini quyidagicha eslaydi:

"O'sha paytlar men turmada edim. Agentim bilan telefon orqali suhbatlashdim. O'sha payt meni juda ko'p mashinam bor edi. Men esa bir qancha zotdor otlar sotib olmoqchi edim. Agentimdan mashinalarni sotib o'rniga otlar olishni so'radim. U esa biz nafaqat zotdor otlar, balki puma, yo'lbars yoki sherlar olishimiz ham mumkinligini aytdi. Men bu hazil emasmi dedim va menga bir nechta yo'lbars olib bera oladimi yo'qmi deb so'radim. U esa bu qiyin ish emasligini aytdi. Agentim: "Sen qamoqdan Ferrarida chiqasan va ikki yoningda yo'lbarslar bo'ladi, bu ajoyib-ku", -dedi. Men esa rozi bo'ldim. U paytlar men men juda yosh edim".

Har bir yo'lbars Tayson uchun 70 ming dollarga tushgan. Uchta Bengal yo'lbarsi sotib olingan. "Keniya" laqabli yo'lbars Maykning sevimli jonivori edi. Tayson "Keniya" bilan 16 yil birga yashaydi. "Keniya" qo'shni qizning qo'lini tishlab olganidan so'ng maxsus hodimlar yo'lbarsni olib ketishadi.

"Kimdir uyimiz devoridan sakrab tushdi, u erda yo'lbars bor edi. Tushgan inson yo'lbars bilan o'ynashni boshladi. Keyin esa noxush voqea yuz berdi. Vaziyatni bilmaslaridan oldin meni sudga berishmoqchi edi. Qo'lini yo'lbars tishlab olgan qizning oilasiga 250 ming dollar berdim. Men u davrlarda shunchalik ahmoq bo'lganmanki, yo'lbarslarni bog'lab qo'yish hayolimga ham kelmagan", -deya eslaydi Mayk Tayson.


"Forbes" jurnalining malumotlariga ko'ra, Tayson faoliyati davomida 685 million dollar ishlab topgan. Ammo 2003 yilda Tayson o'zini bankrot deb elon qiladi. Bundan tashqari, Taysonni AQSH soliq qo'mitasiga 23 million dollarlik soliq majburiyati ham bor edi.

Mayk Tayson Roy Jons bilan jangidan kamida 10 million dollar oladi. Ammo, bokschi bu pullarni xayriya ishlari uchun sarflashga vada berdi.

Boshida Jons va Tayson jangi 12 sentyabr kuni o'tkazilishi kerak edi. Ammo keyinchalik tashkilotchilar jangni 28 noyabr kuniga ko'chirishdi.

Malumotlarga qaraganda, translyaciya huquqi 50 million dollarga sotilgan. Taysonning kafolatlangan bonusi 10 millionni tashkil qiladi. Agar jang sotuvlari yaxshi ketsa yana 10 million dollar olishi mumkin. Tayson barcha pullarni xayriya maqsadida sarflashini elon qilgan edi.

"Men barcha pullarni xayriya uchun sarflayman. Oldingidek pullarim yo'qligidan xursandman. Hozir meni atrofimda faqat pullarim uchun yuradigan quzg'unlar to'dasi yo'q. Hozir men shunchaki o'zim yoqtiradigan ish bilan shug'ullanayotganimdan baxtliman", -deydi Mayk Tayson.


Xorijiy sayt asosida Jalolxon tayyorladi

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing