26 jan 17:27
Yangiliklar
Boshqalar
OOK Rossiya va Belarusni Osiyo o'yinlarida ishtirok etishga taklif qildi
Osiyo Olimpiya kengashi Rossiya va Belarusga Osiyo o'yinlarida qatnashish imkoniyatini taqdim etmoqchi.
"Osiyo Olimpiya Kengashi sportning birlashtiruvchi kuchiga ishonadi va millati yoki pasportidan qatiy nazar, barcha sportchilar sport musobaqalarida qatnasha olishlari kerak deb hisoblaydi. Osiyo Olimpiya kengashi Rossiya va belaruslik sportchilarga Osiyo o'yinlarida qatnashish imkoniyatini taqdim etadi", — deyiladi tashkilot bayonotida.
Avvalroq, Xalqaro Olimpiya qo'mitasi (XOQ) Rossiya va belaruslik sportchilarni neytral maqomda – sportchilar qatiy qoidalarga rioya etilsa, ularga ruxsat berish masalasi ko'rib chiqilishini malum qilgandi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar