So’nggi yangiliklar

13:18Усикнинг жамоасида камарларни эгасиз қолдириш қарорини изоҳлади 0 12:39Криштиану Роналду ЖЧ-2026 гуруҳ босқичи якунланганидан сўнг пост қолдирди 0 12:12Жаҳонгир Зокировнинг ғалабали жангидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 11:46Самбо. Осиё-Океания чемпионатини медаллар шодаси билан якунладик 0 11:05Зокиров Zuffa Boxing'даги дебютини нокаутли ғалаба билан бошлади 0 10:17Ўзбекистон миллий терма жамоаси ФИФАнинг янгиланган онлайн рейтингида яхшигина пастлади 0 18:42Шара Буллет: "Яқин орада камарни қўлга киритаман" 0 18:30Хабиб Нурмагомедов ЖЧ-2026 плей-офф босқичида ҳайратда қолдириши мумкин бўлган жамоаларни айтди 0 17:58Зубайра Тухугов кейинги жангини UFC'даги собиқ рақибига қарши ўтказади 0 17:19Бизнинг энг нозик нуқтамиз - ...! 0 16:31Рафаэль Физиев BMF камарини кўзламоқда 0 15:45Ҳумоюн Султонов Загреб турнири ғолиби! 0 14:53Жейрон Эннис энди икки вазн тоифасида жаҳон чемпиони 0 14:04Элдор Шомуродовда рекорд! 0 13:24Ёш юнон-рум курашчиларимиз Осиё чемпионатида биринчи бўлишди 0

29 dek 07:07
Yangiliklar

Tadbirlar, Osiyo o'yinlari

OOKning 91-Ijroqo'm yig'ilishi bo'lib o'tdi

Osiyo Olimpiya kengashi (OOK) Ijroiya qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Onlayn formatda tashkil etilgan yig'ilishda qitamiz sportiga oid qator masalalar muhokama qilindi. Unda Osiyo Olimpiya kengashi vice-prezidenti, O'zbekiston MOQ raisining birinchi o'rinbosari Otabek Umarov, Milliy Olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov ham qatnashishdi.

Ushbu 91-Ijroqo'm yig'ilishida Asian Boxing tashkilotining OOK tomonidan vaqtinchalik tan olinishi bo'yicha qaror qabul qilindi. SHuningdek, OOKning Sport, Gender tenglik va Xalqaro aloqalar qo'mitalarining hisoboti tinglanib, suniy intellekt va raqamlashtirish bilan shug'ullanadigan “Tencent Co.” va OOK o'rtasida o'zaro hamkorlik bo'yicha kelishuvga erishildi. 

Qolaversa, OOK va Bahrayn o'rtasida III yoshlar Osiyo o'yinlarini o'tkazish bo'yicha shartnoma imzolanib, Xarbin-2025 qishki Osiyo o'yinlarini tashkil etish bilan bog'liq masalalar ham ko'rib chiqildi. Yakunda Ijroqo'm tomonidan 2024 yil yakunlari va 2025 yil rejalariga ham to'xtalib o'tildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing