So’nggi yangiliklar

12:45Ўзбекистон волейбол бўйича Осиёдаги энг кучли бешта жамоа қаторига киритилади. Бу ҳақда ҳукумат қарори эълон қилинди 0 12:23Жавоҳир Синдаров жамоаси Женевага ўзбек ошпазларини олиб борди 0 11:48Қирғизистон футзал бўйича Осиё Кубогига мезбонлик қилади 0 11:10Бокс. IBA Президенти кубогида 12 нафар боксчи билан иштирок этамиз 0 10:28Халқаро велоспорт федерацияси президенти Давид Лаппартьян Тошкентга келди 0 09:50Хамзат Чимаев: «Уларнинг барчасини синдирмагунимча кетмайман» 0 09:05Суперлига. Бугун 29-турга старт берилади 0 08:34Дёрн UFC 338 турнирида чемпионлик камарини ҳимоя қилади 0 08:03Жавоҳир Синдаров: "Баъзи нарсалар устида ишлашим керак" 0 07:32Қозоғистон спортни молиялаштириш қоидаларини ўзгартиряпти: спортчи ва мураббийлар учун нималар ўзгаради? 0 07:01Sofascore. Ўзбекистон U17 терма жамоаси аъзолари кечаги ҳаракатлари учун неча баҳо олди? 0 19:03"Кўчадаги жангда қоидалар бўлмайди". Бразилиялик спортчи Нурмагомедовни қўллаб-қувватлади 0 18:29Диёра Келдиёрова азалий рақиби — Ута Абе билан Японияда тўқнаш келиши мумкин! 0 17:44Рамазон Темировдан мағлуб бўлган Чарльз Жонсон ҳамюртимизни яна танқид қилди 0 17:08МЮ Саудия Арабистони чемпионатидан футболчи сотиб олмоқчи 0

08 noy 07:32
Yangiliklar

O'q otish

O'q otish bo'yicha musobaqalar tashkil etish tizimi yaxshilanadi

Teglar :  O'q otish
"O'q otish sport turlarini yanada rivojlantirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Prezident qarori (PQ-381-son, 04.11.2024) qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida bosqichma-bosqich 10 m masofaga o'q otish sport bazalarini tashkil etiladi hamda ularni zamonaviy sport anjomlari va inventarlari bilan jihozlanadi.

2025/2026 o'quv yilidan boshlab O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida "Sport faoliyati: o'q otish va stenddan o'q otish" bakalavriat talim yo'nalishi ochiladi.

SHuningdek, o'q otish sport turlari bo'yicha milliy terma jamoalarning trenerlari, selekcionerlari, hakamlari va boshqa mutaxassislari kasbiy mahoratini oshirib borish maqsadida mahalliy va xorijiy mutaxassislar ishtirokida seminar, trening va mahorat darslari o'tkazib boriladi.

2025 yildan boshlab har yili::

harbiylashtirilgan va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari o'rtasida o'q otish sport turlari bo'yicha "Mergan" kubogi;

o'q otish sport turlari bo'yicha belgilangan yosh toifalari o'rtasida O'zbekiston chempionatlari o'tkaziladi.

Tuman (shahar)lardagi sport maktablarida bosqichma-bosqich o'q otish sport turlari bo'yicha sport guruhlari tashkil etiladi.

2025/2026 o'quv yilidan boshlab umumiy o'rta talim muassasalarida:

chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik fani o'quv dasturlari doirasida “O'qotar va pnevmatik sport qurollarining taktik-texnik tavsiflari” amaliy mashg'ulotlari kiritiladi;

amaliy mashg'ulotlarni tashkil etishda harbiy qism, muassasalar, harbiy poligonlarning o'quv-moddiy bazasidan foydalaniladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing