04 iyu 21:16
Yangiliklar
O'q otish
O'q otish. Hamyurtimiz Germaniyadagi turnirda sovrindor bo'ldi
Germaniyaning Zul shahrida o'q otish bo'yicha yoshlar o'rtasida ananaviy tarzda o'tkaziladigan Jahon kubogi bosqichi bo'lib o'tmoqda.
Unda 56 mamlakatdan 500 nafardan ziyod sportchi g'oliblik uchun bellashyapti.
Musobaqaning bugungi bahslari O'zbekiston terma jamoasi uchun omadli o'tdi. 10 metrga pnevmatik to'pponchadan otish dasturida hamyurtimiz Muhammad Kamalov bronza medalini qo'lga kiritdi. Qayd etish joiz, Kamalov o'tgan yili ham Zulda ushbu yo'nalishda shohsupaning 3-pog'onasidan joy olgan edi.
Luka Arrigi (Italiya)
Kangxyun Kim (Janubiy Koreya)
Muhammad Kamalov (O'zbekiston)
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar