17 fev 15:17
Yangiliklar
Boks/MMA
Oq uydagi turnirida ishtirok etadigan jangchilarni Tramp tasdiqlab berishi kerak
UFC prezidenti Dana Uayt AQSH prezidenti Donald Tramp 14 iyun kuni bo'lib o'tishi kerak bo'lgan Oq uy turniri kardi shakllanishida ishtirok etishini aytdi.
"Sana yaqinlashgani sayin, biz turli g'oyalarni o'ylab ko'ryapmiz. Men va [Kreyg] Borsari Vashingtonga uchib boramiz — prezident Tramp va uning jamoasi bilan uchrashib, nafaqat tashkilotchilik, balki janglarda ishtirok etadiganlar tarkibini ham muhokama qilamiz.
Tadbirni tashkil etishga oid barcha narsa bo'yicha bizda uchta turli variant bor va biz qaysi biri unga yoqishini, qaysi biri yoqmasligini ko'ramiz. Bu tadbir juda ajoyib, noyob, o'zgacha va juda qimmat bo'ladi", — dedi Uayt.
Havola :
Manba : MMa Fighting
Fikrlar