12 avg 17:14
Yangiliklar
UFC yangi mega tadbirga tayyorgarlik ko'rmoqda
Bu haqda UFC prezidenti Dana Uayt malum qildi.
"Ishlab chiqarish bo'limi boshlig'im Kreyg Borsari Oq uy yonidagi turnirni juda yuqori saviyada o'tkazganidan so'ng o'ziga shu qadar ishonyaptiki, hozir biz aynan u o'ylab topgan bir g'oyani muhokama qilyapmiz – bu uning tashabbusi. G'oya menga juda yoqdi, lekin hali malum bir tayyorgarlik ishlarini amalga oshirishim kerak", – dedi Uayt Pet Makafi shousida.
Uayt ishlab chiqilayotgan tadbir haqida boshqa tafsilotlarni oshkor qilmadi, biroq ko'lami jihatidan hech narsa Oq uy yonidagi turnirdan ustun kela olmasligini takidladi.
"Oq uydagi kabi tadbir boshqa hech qachon bo'lmaydi. O'sha oqshomdan kutganlarimiz allaqachon juda yuqori edi, lekin ko'rganlarim meni hayratda qoldirdi. Bu men ishtirok etgan eng buyuk voqea bo'ldi. U erda bo'lish va barchasini jonli ko'rish shunchaki ajoyib edi", – deya xulosa qildi UFC rahbari.

Fikrlar