12 apr 14:54
Yangiliklar
Boks/MMA
Oq uydagi UFC turniri kardiga Donald Tramp tashabbusi bilan yana bir jang qo'shildi
Amerikalik jangchi Josh Xokit 14 iyun kuni Oq uyda bo'lib o'tadigan UFC turnirida Derrik Lyuisga qarshi jang qiladi.
Bu haqda promoushen rahbari Dana Uayt jonli efirda malum qildi.
Malum qilinishicha, ushbu jangni tashkil etish tashabbusi Donald Tramp tomonidan ilgari surilgan. U oktagon yonida shaxsan o'tirib, Xokitning jangini kuzatgan. Qayd etilishicha, amerikalik sportchi Kyortis Bleydsga qarshi jangdan keyin shifoxonaga yuborilishidan oldin ushbu jangga rozilik bildirgan.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar