So’nggi yangiliklar

12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0 10:06Ислам Махачев: "Кейинги жангим менинг фаолиятимдаги сўнггиларидан бири бўлади" 0 09:35UFC Fight Night 292 турнирининг тарози натижалари, бир жангчи вазн қила олмади 0 08:54Бугун тўрт эркин курашчимиз жаҳон чемпионатида гиламга чиқади. Ғуломжон бронза йўлида курашади 0 08:13"Олтин тўп"-2026 учун овоз бериш натижалари эълон қилинди 0 07:42АCА 209: Саидёқуб Қаҳрамоновда мағлубият. Холмурод Нурматовчи? (Барча натижалар) 0 07:10Никита Цзю декабрь ойида рингга қайтади 0 22:51Шахмат бўйича 2027 йилги рапид ва блиц Жаҳон чемпионати мезбони эълон қилинди 0 22:14Танташев ва Нажафалиев бригадаси Элит ОЧЛ баҳсларида ишлайди 0 21:31Александр Волков: "Ўзимни чемпион деб биламан" 0 20:56Жейк Пол декабрь ойида Дубайдаги турнирда рингга қайтади 0 20:23Ковингтон иштирокидаги жанг Hype FC турнирига қўшилди 0

19 iyu 10:53
Yangiliklar

Boks/MMA

Oq uydagi UFC turniriga ehtimoliy hujumning oldini olindi

Teglar :  UFC Freedom 250
Federal qidiruv byurosi (FBI) direktori Kesh Patel ijtimoiy tarmoqda agentlik va AQSHning boshqa xizmatlari Vashingtondagi Oq uy hududida bo'lib o'tgan UFC Freedom 250 turniriga ehtimoliy hujumning oldini olganini malum qildi.

Patel tomonidan ulashilgan Fox News nashri xabariga ko'ra, hujum rejasi ommaviy evakuaciyani qo'zg'atish va odamlarni snayperlar o'qiga duchor qilish uchun portlovchi moddalar bilan to'ldirilgan dronlarni tadbir o'tkaziladigan joy yaqinidagi binolarga hujum qilishni o'z ichiga olgan. Jami besh kishi hibsga olingan, yana 23 kishi ularning sheriklari sifatida aniqlangan.

"10 iyun kuni FBI va huquq-tartibot organlaridagi hamkorlarimiz Vashingtondagi UFC turniriga ehtimoliy tahdid haqida malumot olishdi. Tahdid poytaxt hududidan tashqarida bo'lgan shaxslardan kelib chiqqan. FBI, hamkorlarimiz va Adliya vazirligining tezkor harakatlari tufayli shtatlararo operaciya doirasida bir nechta gumonlanuvchilar qo'lga olindi va taxmin qilingan hujum rejalari o'z vaqtida to'xtatildi", - deb yozdi Patel.

Eslatib o'tamiz, 15 iyun kuni tongda Oq uyda bo'lib o'tgan UFC turnirining asosiy jangida amerikalik Jastin Getji ispaniyalik Iliya Topuriyani to'rtinchi raunddan so'ng texnik nokaut evaziga mag'lub etib, engil vazn toifasida liga chempioniga aylangandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing