01 may 14:25
Yangiliklar
Boks/MMA

Orlovskiy UFC rekordini takrorladi
Og'ir vaznda UFCning sobiq chempioni Andrey Orlovskiy tashkilotdagi 23-g'alabasiga erishdi.
Bugun u amerikalik Jeyk Kollerni mag'lub etdi.
Bu ko'rsatkich bo'yicha belaruslik sportchi Donald Serrone va Jim Millerlarning rekordi bilan tenglashib oldi.
Umumiy hisobda esa bu Orlovskiy uchun MMAdagi faoliyati davomida 34-g'alaba bo'ldi. U shuningdek 20 ta mag'lubiyat ham qayd etgan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar