24 noy 12:42
Yangiliklar
Ortga nazar: O'zbekiston sportidagi yutuqlarga daxldor shaxs
U AMALGA OSHIRGAN ISHLAR BOR XAQIQAT...
SHerzod Toshmatov – sportdagi faoliyatini 2009 yil O'zbekiston muaytay federaciyasi rahbarligidan boshlagan.
2010 yil. Poytaxtimizda muaytay bo'yicha Osiyo chempionatini tashkil etdi. Qita birinchiligi yuqori saviyada o'tganligi sabab Xalqaro kongressda Jahon chempionatini o'tkazish uchun davogar bo'lgan ko'plab mamlakat delegaciyalari orasida dunyo birinchiligi ham O'zbekistonga ishonib topshirilgan.
2011 yil. Jahon chempionati muaytay tarixida zarhal harflar bilan bitildi. Dunyoning 70 ga yaqin mamlakatlaridan sport delegaciyalarini bag'riga olgan O'zbekiston musobaqasi tom manoda “yilning olamshumul” musobaqasi deb tan olindi. Jahon chempionati vaqtida o'tgan xalqaro kongressda SH.Toshmatov Butunjahon muaytay associaciyasi vice-prezidentligiga saylandi. Yil yakunida Vazirlar mahkamasi tomonidan Tashmatovga “Mohir tashkilotchi” diplomi topshirildi. SHarq yakka kurashlari va jang sanatlarini rivojlantirish markazi vice-prezidenti yakka kurash turlariga ixtisoslashtirilgan 26 ta federaciyalar rivojiga o'z hissasini qo'shdi.
2012 - 2013 yillari Professional muaytaychilar o'rtasida “Buyuk ipak yo'li” Xalqaro turniriga asos solindi. Toshkent, Samarqand shaharlarida chet ellik etakchi sportchilar ishtirokida katta sport kechalari tashkil etildi. Sportchi qizlar o'rtasida “To'maris” Respublika tanlovlarini o'tkazishga bosh-qosh bo'ldi.
BOKS HAM ISHONIB TOPSHIRILDI
Sport tadbirlarini tashkil etish bo'yicha katta tajribaga ega bo'lgan va deyarli yangi o'zgarishlar yo'lida tinimsiz izlanib kelgan yosh mutaxassis 2014 yildan O'zbekiston boks federaciyasining 1-vice prezidenti lavozimida ishini davom ettirdi.
Boksga yangicha qarash va yangi qon olib kirgan Toshmatov bu turdagi barcha ishlash tizimini o'zgartirdi. Aynan shu yillardagi boksda keskin ortga ketish kuzatilgandi. Mutaxassislar Toshmatov shu ishni davom ettirishiga ko'zlari etgan edi. Toshmatov birinchi navbatda murabbiylar etiroziga qaramasdan o'zi individual ravishda selekciya asosida yangi terma jamoani shakllantirdi.
2015 yil Olimpiya o'yinlari uchun beriladigan licenzion musobaqa oldi jamoani iqlimga moslashish uchun bir oy oldin musobaqa o'tadigan davlatning o'zida mashg'ulotlarni o'tkazish uchun yo'naltirdi. Bundan tashqari AIBA rahbari janob CHing-Kuo Vu bilan xalqaro munosabatlarni to'g'ri yo'lga qo'ya oldi. Hamda ushbu tashkilotning eng nufuzli hisoblangan, olimpiadaga yo'llanma beruvchi APB va WSB Butunjahon boks seriyasidagi musobaqalarini yurtimizga olib keldi.
Rio-2016 olimpiadasi oldidan boks bo'yicha dunyoda gegemon bo'lgan Kuba terma jamoasi o'quv-yig'in mashg'ulotlarini O'zbekistonning asosiy tarkib jamoasi bilan birga o'tkazish taklifini berishdi. Mazkur hamkorlik esa kutilgandan-da ko'proq o'zining ijobiy samarasini berdi.
Rio-2016 olimpiadasidan bir oy avval bokschilarimiz iqlimga moslashish uchun Rio-de-Janeyroga etib borishdi. Mazkur to'rt yillikning nufuzli musobaqasi O'zbek sporti tarixida o'chmas iz qoldirdi. Ulkan natija aynan bokschilarimizga tegishli bo'ldi. 10 ta vaznning 7 tasida charm qo'l qop ustalarimiz olimpiadaning turli probali medallariga ega chiqishdi.
2017 yil AIBAning ijroiya qo'mitasi azolari orasida eng yoshi sifatida ovoz berish huquqi bilan faoliyatini davom ettirdi. SHu yil kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati O'zbekistonda tashkil etildi. Bu musobaqada xam qita chempionatlarida qayd etilmagan tarixiy ko'rsatkich yani shu vaqtga qadar hech bir Osiyo mamlakatlari erisha olmagan 10 ta vaznning 9 tasida yuqori probali medallar sportchilarimiz tomonidan qo'lga kiritildi.
2018 yil Indoneziya. Osiyo olimpiadasi. SH.Toshmatov boshchiligidagi etakchi charm qo'l qop ustalarimiz 5 ta oltin va 2 ta kumush medallari egasiga aylandi...
O'Z KASBIGA MUNOSIBNING QAYTISHI
Sportda shunday, g'alaba va mag'lubiyat yonma-yon yuradi. Mashhur murabbiylardan biri Anatoliy Tarasovning bir gapi bor: “Hayotda ikkinchi bo'limning o'zi yo'q, qiladigan ishing va vazifalaringni sen uchun berilgan birinchi bo'limda bajarib ol”. O'z vazifasini sidqidildan bajarib kelayotgan, nafaqat Osiyo va jahon, balki Olimpiya o'yinlarida ham natija ko'rsata olgan Toshmatov shaxsiga nisbatan ham turlicha qarashlar paydo bo'la boshlagan edi. 2018 yilda mamlakat sportining yangi rahbariyati Butunjahon boks seriyasi (WSB)da O'zbekiston sharafini himoya qilib kelayotgan «Uzbek Tigers» jamoasi faoliyatini to'xtatishga qaror qildi. Federaciya vice-prezidenti ish faoliyatiga aralashuvlar uning ishchanlik kayfiyatiga salbiy tasir ko'rsatdi. Ammo bu SHerzod Toshmatovni ruhan sindira olmadi.
Ayni kunda SH.Toshmatov O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasining rais o'rinbosari sifatida faoliyatini qayta boshladi.
Yurtimizda davlatimiz rahbari boshchiligida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, sog'lom avlodni tarbiyalash, yurtimizda olimpiya harakatini rivojlantirishga katta etibor qaratilyapti. Ana shu islohotlarning faol targ'ibotchisi va izchil amalga oshiruvchi shaxs sifatida O'zbek sportida o'rniga ega bo'lgan SHerzod Toshmatov kelgusida ham o'z zimmasiga yuklatilgan masuliyatli ishda ham tub burilish yasab yurt sporti ravnaqi yo'lida astoydil mehnat qilishiga ishonamiz.
CHunki buning uchun SH.Toshmatovda tajriba va salohiyat etarli.
Fikrlar