26 okt 12:47
Yangiliklar
Sport kurashlari
Erkin kurashchimiz SHerzod Poyonov Jahon chempionati sovrindori
Novi-Sad (Serbiya) shahrida sport kurashlari bo'yicha U-23 yosh toifasidagi dunyo birinchiligi o'tkazilmoqda.
Musobaqaning kechagi kuni doirasida o'zbekistonlik erkin kurashchi SHerzod Poyonov (92 kg) terma jamoamiz hisobiga bronza medalini taqdim etdi.
U uchinchi o'rin uchun kechgan bahsda ukrainalik raqibi Ivan CHornoxuzni 11:1 hisobida dog'da qoldirdi. Bu erkin kurashchilarimizning mazkur JCHdagi ilk medali bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, SHerzod Poyonov shu yilning avgust oyida Bolgariyaning Samokov shahrida o'tkazilgan U-20 yosh toifasidagi JCHda oltin medalni qo'lga kiritgan edi.


Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar