So’nggi yangiliklar

16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0 11:18Пратеснинг мураббийи Махачев Карлос билан жанг қилишдан нега воз кечганини тахмин қилди 0 10:47Мессининг голи ва узатмаси "Интер Майами"га ғалаба келтирди + ВИДЕО 0 10:06Эркин курашчиларимиз Жаҳон чемпионатини медалсиз якунлашди 0 09:35Богдан Гусковнинг навбатдаги рақиби, жанг санаси ва манзили маълум + ПОСТЕР 0 09:04Усик кейинги жанги бўйича қарор қабул қилди ва рақибини айтди 0

20 fev 16:28
Yangiliklar

Boks/MMA

Ortis Madrimov bilan jang haqida: "Krouford boshqa, men boshqa"

Super yarim o'rta vazn toifasida WBC yo'nalishining vaqtinchalik chempioni Virjil Ortis WBA yo'nalishi bo'yicha sobiq chempion Isroil Madrimov bilan jang haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Ular o'rtasidagi bellashuv 22 fevral, shanba oqshomida tashkil etiladi.

— Siz uzoq vaqtdan buyon katta imkoniyatni, katta jangni kutgan edingiz. Nihoyat shanba kuni buni olasiz. O'zingizni qanday his qilyapsiz?

"Juda g'ayratli. Men Saudiya Arabistonida, Ar-Riyodda ekanligimdan juda xursandman. Bilasizmi, bu erda bo'lish baxt. Barcha davrlarning eng katta boks kechasida bo'lish baxtdir. Men esa yaxshi shou ko'rsatishga tayyorman.

— Bundan motivaciya ortida nima bor?

"Juda kuchli raqibga qarshi birinchi titul himoyasi".

— Ushbu vazn toifasida bir nechta jang o'tkazib ulgurdingiz. Bu vaznda o'zingizni qulay his qilyapsizmi?

"Bu vazn toifasida o'zimni yaxshi his qilyapman. Bilasizmi, men bu divizionda uzoq vaqt qolishga tayyorman. Ammo yuqoriga ko'tarilish imkoniyati bo'lsa, buni ham ko'rib chiqamiz".

— Siz shanba oqshomining bir qismisiz. Bunday tadbirda ishtirok etish siz uchun nimani anglatadi?

"Bu ko'p narsani anglatadi. Men o'z mahoratimni butun dunyo ko'rishi uchun Ar-Riyoddagi turnir ishtirokchisi sifatida tanlanganimdan faxrlanaman. To'g'risini aytsam, buni so'z bilan tariflab bo'lmaydi".

— Raqibingiz Madrimov. Oxirgi safar u Terrens Kroufordga qarshi kurash olib bordi. O'sha jangni tomosha qilganingizda, jangingizda foydalanishi mumkin bo'lgan biror narsani ko'rdingizmi?

"Ha, lekin bilasizmi, Krouford va men boshqa jangchilarmiz. SHunga ko'ra, turli yondashuvlar turli zaifliklarni anglatadi. Lekin biz har doim yo'l topamiz", dedi Ortis.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing