01 noy 09:09
Yangiliklar
Ortis: "Meni himoya qilganing uchun rahmat, Xudoyim"
Kecha tongda Nyu-Yorkdagi "Medison Skver Garden"da katta boks oqshomi o'tkazildi. Ushbu oqshomning markaziy jangida uchta vaznda sobiq jahon chempioni, 34 yoshli ukrainalik Vasiliy Lomachenko (16-2, 11 KO) hamda amerikalik 26 yoshli Jemeyn Ortis (16-0-1, 8 KO) to'qnash keldi. Jang to'liq, o'n ikki raund davom etdi va unda hakamlar qaroriga ko'ra, Lomachenko g'alaba qozondi.
Ortis ijtimoiy tarmoqlar orqali mazkur jangga quyidagicha munosabat bildirgan:
"Kechagi oqshomda ringda meni himoya qilganing uchun rahmat, Xudoyim. Kechagi oqshomda men bilan birga bo'lgan barcha hamkorlarim, oila azolarim, do'stlarim va muxlislarim — men sizlarni chin dildan qadrlayman. Qaytish kuchli bo'ladi", - deb yozgan Jemeyn.
Fikrlar