17 okt 15:04
Yangiliklar
Futbol
Osimxen noyabr oxirigacha safdan chiqdi
"Napoli" hujumchisi Viktor Osimxen 1,5 oyga safdan chiqqani xabar qilindi.
Sky Sport Italia xabariga ko'ra, Nigeriya milliy jamoasi forvardi Saudiya Arabistoniga qarshi o'yinda (2:2) sonidan jarohat olgan. Tekshiruvlardan keyin nigeriyalik goleadorning jarohatidan tiklanishi uchun 4-6 hafta vaqt talab etilishi malum qilingan. U 29 oktyabr kuni o'tadigan "Milan"ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi.
Malumot uchun, Osimhen joriy mavsum A Seriyadagi 8 o'yinda 6 ta golga mualliflik qilgan.
Havola :
Fikrlar