22 apr 07:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Osiyo chempionati. Bir qizimizda g'alaba, ikkinchisida mag'lubiyat+FOTO
Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks bo'yicha 2000-2001 yillarda tug'ilgan yoshlar o'rtasida Osiyo chempionati davom etmoqda.
Kecha musobaqa dasturida to'rt nafar charm qo'lqop ustamiz ringga ko'tarildi. Ulardan uch nafari jangni o'z foydasiga hal qildi. 56 kg vazn toifasida ringga chiqqan Abdumalik Xalokov mo'g'ulistonlik Enkxtur Tegshjargalni, 69 kg vazndagi Jahongir Rahmonov esa xitoylik Tong Gangni taslim etdi.
54 kg vaznli qizlar o'rtasidagi bahslarda ringga chiqqan hamyurtimiz Maftuna Fayzullaeva yaponiyalik Satcuki Yoshizavani mag'lubiyatga uchratib, keyingi bosqichga yo'l oldi. 57 kg vazn toifasidagi vakilamiz Nasiba Xayrullaeva esa yana bir yapon bokschisi Irie Sennaga yutqazib qo'ydi.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar