05 dek 22:53
Yangiliklar
Dzyudo
Osiyo chempionati. Bugun tatamiga chiqqan barcha dzyudochilarimiz shohsupaga ko'tarildi
To'rt kun davomida Livan poytaxti Bayrut shahrida o'tkazilgan dzyudo bo'yicha o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi Osiyo-Okeaniya chempionati yakunlandi.
Bugun yoshlar o'rtasidagi musobaqaning ikkinchi kuni og'ir vazn toifasida g'olib hamda sovrindorlar nomi malum bo'ldi. Quvonarlisi, bugun tatamiga chiqqan 7 nafar dzyudochimizning bari medallar bilan taqdirlandi.
Suhrob Rajabov (+100 kg) Islombek Ravshanqulov (+100 kg), Farangiz Xolmurodova (-70 kg), Irisxon Qurbonboeva (-78 kg) oltin, Xosiyat Masharipova (+78 kg) kumush, Nurbek Murtazoev (-81 kg) va Dilshod Bahodirov (-90 kg) bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar