03 apr 15:25
Yangiliklar
Boks/MMA
Osiyo chempionati doirasida ilk o'zbek-qozoq qarama-qarshiligi bo'lib o'tdi
Mo'g'ulistonda davom etayotgan kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionatining medal uchun kechgan 1/4 final jangida bokschimiz SHahzod Muzaffarov ikki karra jahon chempioni Mahmud Sabirxanga qarshi ringga ko'tarildi.
-55 kg vazn toifasi vakillari o'rtasidagi ushbu jang g'olibi kamida bronza medalini naqd qilardi. Uch raundga belgilangan jang to'liq davom etdi va yakunda Sabirxanning 3:2 (29:28, 30:27, 28:29, 27:30, 29:38) hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
Birinchi raund Muzafarov foydasiga hal bo'ldi - 4:1. Ikkinchi raundni Sabirxan yutdi - 3:2. Hal qiluvchi uchinchi raundda hakamlar g'alabani Mahmudga taqdim etishdi - 4:1. Yakuniy hisob qozog'istonlik bokschi foydasiga - 3:2.
SHu tariqa, O'zbekiston terma jamoasining yana bir ishtirokchisi Osiyo chempionatini muddatidan avval yakunladi. Bugun ringga ko'tarilgan uch nafar bokschimizning bari mag'lubiyat alamini totib ko'rdi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar