11 apr 14:32
Yangiliklar
Boks/MMA
Osiyo chempionati finalida bokschimizni mag'lub etgan Nurbek Oralbay o'z fikrini bildirdi
Qozog'istonlik Nurbek Oralbay Ulan-Batorda o'tgan Osiyo chempionati finalida hamyurtimiz Jasurbek Yo'ldoshevni mag'lub etgandi.
"Birinchi o'rinni egalladik. Men birinchi marta Osiyo chempioni bo'ldim. Katta rahmat. Xudo xohlasa, oldinda yana katta cho'qqilar bor, bu bilan to'xtab qolmaymiz. Har qanday vaznda oson emas, lekin bu boks — biz to'liq kuch bilan harakat qildik.
O'ylaymanki, o'zbekistonlik bokschiga qarshi final yaxshi jang bo'ldi. Menimcha, barchasi to'g'ri bajarildi: murabbiylar ko'rsatmalari va taktika asosida ishladik. Hammaga rahmat", — dedi chempion.

Havola :
Manba : sports.kz
Fikrlar