21 apr 14:26
Yangiliklar
Boks/MMA

Osiyo chempionati. Ikki bokschimiz g'alaba bilan boshladi+FOTO
Xabar berganimizdek, bugun Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks bo'yicha 2000-2001 yillarda tug'ilgan yoshlar o'rtasida Osiyo chempionati boshlandi.
Bugungi dastur doirasida ikki charm qo'lqop ustamiz ringga ko'tarildi va ularning har ikkisi ham raqiblarini mag'lubiyatga uchratishdi. 56 kg vazn toifasida ringga chiqqan Abdumalik Xalokov mo'g'ulistonlik Enkxtur Tegshjargaldan ustun keldi.
69 kg vazndagi Jahongir Rahmonov esa xitoylik Tong Gangni taslim etdi. Birozdan so'ng 54 kg vaznli qizlar o'rtasidagi bahslarda hamyurtimiz Maftuna Fayzullaeva yaponiyalik Satcuki Yoshizavaga qarshi jang o'tkazadi. 57 kg vazn toifasida esa Nasiba Xayrullaeva yaponiyalik Irie Sennaga qarshi ringga ko'tariladi.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar