07 apr 11:42
Yangiliklar
Osiyo chempionati: Kunduzgi dasturda ikki bokschimiz final chiptasini hal qildi, Nigina O'ktamova musobaqani bronza medali bilan yakunlaydigan bo'ldi
Bugun musobaqaning kunduzgi dasturida o'zbekistonlik uch nafar bokschi o'z janglarini o'tkazishdi.
Javohir Abdurahimov (75 kg) hamda Jasurbek Yo'ldoshev (85 kg) yarim final doirasidagi bahslarda g'alabaga erishgan bo'lsa, Nigina O'ktamova ushbu bosqichda hindistonlik raqibasi oldida ojiz qoldi.
Kunluzgi dastur natijalari:
-57 kg: Nigina O'ktamova - Jasmin (Hindiston), (Ochkolar hisobiga ko'ra, 2:3)
-75 kg: Javohir Abdurahimov - Akash (Hindiston), (Ochkolar hisobiga ko'ra, 4:1)
-85 kg: Jasurbek Yo'ldoshev - Lokesh (Hindiston), (Ochkolar hisobiga ko'ra, 5:0).
Kechgi dasturda yana uch nafar hamyurtimiz ringga chiqadi:
-60 kg: Abdurahmon Mahmudjonov - Orazbek Assilkulov (Qozog'iston) 14:30
-80 kg: Fazliddin Erkinboev - Minseong Kim (Janubiy Koreya) 15:15
-90 kg: Halimjon Mamasoliev - Tog'ambay Sagindik (Qozog'iston) 15:45.
Fikrlar