21 jan 10:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Osiyo chempionati sovrindori bo'lgan o'zbek bokschisi prof ringda debyut qiladi
Boks bo'yicha 2019 yilgi Osiyo chempionati bronza medali sohibi SHukurjon Rahimov professional boksga o'tmoqda.
U 1 fevral kuni Rossiyaning Kaliningrad shahrida o'tkaziladigan professional boks oqshomida ilk jangini o'tkazadi. Hozircha o'sha kungi jangda unga kim raqib bo'lishi nomalum.
O'sha kungi jang oqshomida SHukurjondan tashqari Rustam To'laganov, Odiljon Aslonov, Ulug'bek Mubinov kabi bokschilarimiz ham jang qiladilar.
Olamsport.com saytiga malum bo'lishicha, charm qo'lqop ustalarimiz bugun kechki payt Rossiyaga yo'l oladilar.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar