05 jan 22:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Osiyo chempionati sovrindori SHukurjon Rahimov Rossiyada jang o'tkazdi
Xabar berib o'tganimizdek, Rossiyaning Sochi shahrida "Liga Stavok" turniri o'tkazilmoqda.
Musobaqa doirasida o'zbekistonlik bokschi SHukurjon Rahimov (-59 kg) bugun musobaqa doirasida ringga ko'tarildi.
Ushbu jangda hamyurtimizga rossiyalik Ara Gaboyan raqiblik qildi. 4 raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi va unda hakamlar SHukurjon Rahimovning g'alabasini qayd etishdi.
SHu tariqa, bugungi jang oqshomida Murat Gassiev jamoasi 1:0 hisobida oldinga chiqib oldi.
"Jang ozgina qiyin bo'ldi, raqib chapaqay edi. SHu sababli qiynaldim. Meni qo'llab-quvvatlab turgan barchaga minnatdorchilik bildirmoqchiman", - dedi Rahimov jangdan so'ng.
Birozdan so'ng turnir doirasida boshqa bir o'zbek bokschisi Odiljon Aslonov ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar