30 avg 20:55
Yangiliklar
Boks/MMA

Osiyo chempionatida 22 ta medal qo'lga kiritgan o'smirlarimiz O'zbekistonda tantanali kutib olindi
Xabar berib o'tganimizdek, Dubay shahrida boks bo'yicha o'smirlar o'rtasida Osiyo chempionati o'z yakuniga etdi.
Ushbu musobaqada o'zbekistonlik o'smirlar 24 imkoniyatdan 22 ta medal qo'lga kiritishdi. Sportchilarimiz umumiy hisobda (o'g'il bolalar va qizlarni qo'shib hisoblaganda) 9 ta oltin, 7 ta kumush va 6 ta bronza medalini qo'lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallashdi. Bugun ushbu musobaqa qahramonlari yurtimizga qaytib kelishdi.
Ular Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi. Kutib olish marosimida O'zbekiston boks federaciyasi rahbariyati, federaciya mutasaddilari, muxlislar, bokschilarimizning yaqinlari va OAV xodimlari ishtirok etishdi.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : t.me/boxinguzbekistan
Fikrlar