So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

06 mar 12:12
Yangiliklar

Sport kurashlari, Kurash

Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan polvonlarimiz tantanali kutib olindi

Teglar :  Sport kurashlari
Xabaringiz bor, 27 fevral - 4 mart kunlari Qirg'iziston poytaxti Bishkek shahrida sport kurashlari bo'yicha Osiyo chempionati o'tkazildi.

Qita miqyosidagi eng nufuzli musobaqada o'zbekistonlik sportchilar 15 ta medal qo'lga kiritganliklar haqida ham xabar qilgandik. Bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida musobaqada ishtirok etgan kurashchilarimiz tantanali tarzda kutib olindi.

Sportchilarimizni qarshi olish uchun Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri SHoakram Isroilov, MOQ Bosh kotibi Jasur Matchanov, O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi mutasaddilari, chempion sportchilarning oila azolari, muxlislar va OAV hodimlari Toshkent xalqaro aeroportida jam bo'lishdi.

SHuni alohida qayd etib o'tishimiz lozimki, erkin kurash bo'yicha terma jamoamiz bahslarda 3 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallari bilan sportning ushbu turi nihoyatda taraqqiy etgan Eron, Qozog'iston, Xitoy, Janubiy Koreya va Yaponiya kabi mamlakatlarni ortda qoldirib, umumjamoa hisobidla faxrli birinchi o'rinni egalladi.
Malumot uchun, erkin kurashchilarimiz ikki marta - 1999 va 2011 yillarda ham Osiyo chempionatini birinchi o'rinda yakunlashgandi. Ammo farqli tomoni shundaki, o'sha har ikkala musobaqa ham Toshkentda bo'lib o'tgan va terma jamoamiz unda mezbon sifatida ishtirok etgandi. Bu safar esa terma jamoamiz birinchi marta mamlakatimizdan tashqarida, xorijiy davlat xududida umujamoa hisobida birinchi bo'ldi.  

Yunon-rum kurashi bo'yicha terma jamoamiz esa 1 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallari bilan Osiyo chempionatini umumjamoa hisobida kuchli uchlikda yakunladi.

Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan sportchilarimizni oldinda Osiyo va Olimpiya o'yinlari kutib turibdi. Biz ularga oldinda turgan muhim va nufuzli musobaqalardan ham mana shunday xursandchilik va yorug' yuz bilan O'zbekistonga qaytishlarini tilab qolamiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing