13 iyu 09:07
Yangiliklar
Velosport
Osiyo chempionatida yana ikki medal
Tailand mezbonlik qilayotgan veloshosse bo'yicha Osiyo chempionatining kechagi kungi bahslari ham O'zbekiston terma jamoasi uchun sermahsul o'tdi.
20 va 23 yoshgacha bo'lgan sportchi qizlar o'rtasidagi individual poygada hamyurtlarimiz sovrindorlar qatoridan joy olishdi.
23 yoshgacha bo'lgan qizlar toifasida Yanina Kuskova 111 kmga mo'ljallangan dasturda marra chizig'ini ikkinchi bo'lib kesib o'tdi va kumush medalni qo'lga kiritdi. 46 kg masofada o'tkazilgan 20 yoshgacha bo'lgan atletlar bahsida esa Asal Rizaeva bronza medaliga sazovor bo'ldi.
U-23, qizlar:
1. Pxi Kun (Malayziya)
2. Yanina Kuskova (O'zbekiston)
3. Devika Sova (Indoneziya)
U-20, qizlar:
1. Txi Txach (Vetnam)
2. Evgeniya Zaam (Qozog'iston)
3. Asal Rizaeva (O'zbekiston)
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar