02 dek 22:26
Yangiliklar
Dzyudo
Osiyo chempionatining birinchi kuni 9 ta medal qo'lga kiritdik, shundan 5 tasi oltin + FOTO
Livan poytaxti Bayrut shahri mezbonligida o'tayotgan dzyudo bo'yicha o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi Osiyo-Okeaniya chempionatining birinchi kuni o'z yakuniga etdi.
Bugun o'smirlar o'rtasida jami 8 ta vazn toifasida g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ldi. Quvonarlisi, dzyudochilarimiz 8 ta vaznda 9 ta medal qo'lga kiritishdi. SHulardan 5 tasi oltin, 3 tasi kumush, 1 tasi esa bronza medalidir.
O'z vazn toifalarida Suhrob Po'latov (-60 kg), Elbek Tojiev (-66 kg), Laziza Haydarova (-40 kg), Ulbusin Hakimova (-44 kg) va Muhayyo Ahmatova (-48 kg) Osiyo chempioniga aylanishdi.
Zamohshari Bekmurodov (-55 kg), Sardor Himmatov (-60 kg), So'g'diyona Rafkatova (-52 kg) kumush, Fazliddin SHokirov (-50 kg) esa bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar