17 may 07:27
Yangiliklar
Osiyo chempionatining ikkinchi kuni to'rt nafar taekvondochimiz dayanga chiqadi
Bugun O'zbekiston terma jamoasining to'rt nafar vakili - Najmiddin Qosimxojiev (74 kg), Nikita Rafalovich (87 kg), Feruza Sodiqova (62 kg) hamda Gulsanam Alijonova (73 kg) dayanga chiqadi.
Hamyurtlarimizning musobaqa doirasidagi ilk raqiblari bilan tanishing:
62 kg vazn toifasida 1/4 final bosqichi: Feruza Sodiqova - Elham Hagihi (Eron)/Anushiya Priyad (Hindiston) bahsi g'olibiga qarshi, (2-kort)
73 kg vazn toifasida 1/8 final bosqichi: Gulsanam Alijonova - Etisha Das (Hindiston), (1-kort)
74 kg vazn toifasida 1/8 final bosqichi: Najmiddin Qosimxojiev - Kumar Bumash Meytil (Hindiston), (3-kort)
87 kg vazn toifasida 1/4 final bosqichi: Nikita Rafalovich - Lyang Si-CHhen (Xitoy Taypeyi)/Mehran Barhordari (Eron) bahsi g'olibiga qarshi, (2-kort).
Mazkur bellashuvlar Toshkent vaqti bilan 7:00 — 10:30 oralig'ida bo'lib o'tadi.
Fikrlar