22 apr 16:28
Yangiliklar
Dzyudo
Osiyo chempionatining jamoaviy bahslarida qatnashadigan tarkibimiz malum
Bugun Gonkong davlati mezbonlik qilgan dzyudo bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionatining yakkalikdagi bellashuvlari yakuniga etdi.
Uch kun davom etgan yakkalik bahslarida O'zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 1 ta kumush, 4 ta bronza medalini qo'lga kiritdi. Ertaga qita chempionatida jamoaviy bahslar bo'lib o'tadi.
Bosh murabbiy Ilias Iliadis terma jamoamiz tarkibini elon qildi. Yakkalik bahslarida ishtirok etmagan Alisher Yusupov juftlikda terma jamoamizga yordam beradi.
Terma jamoamiz tarkibi:
-73 kg: SHahram Ahadov, Murodjon Yo'ldoshev
-90 kg: SHarofiddin Boltaboev, Nurbek Murtazoev
+90 kg: Muzaffarbek To'raboev, Alisher Yusupov
-57 kg: Sita Kadambaeva, SHukurjon Aminova
-70 kg: Gulnoza Matniyazova, SHohista Nazarova
+70 kg: Irisxon Qurbonboeva, Rinata Ilmatova
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar