So’nggi yangiliklar

18:20Макс Ферстаппен — Формула-1 2024 йилги мавсум чемпиони! 0 17:59Аёллар курашида барча вазнларда ғолиблар маълум бўлди + ФОТО 0 17:38Холанд 850 минг сўм сабаб қамоққа тушиши мумкин 0 17:17Ўзбекистон чемпионатида медаллар жамғариш бўйича қайси вилоят биринчи бўлди? 0 16:56Расман! UFC 311 турнири учун қизиқарли жанг эълон қилинди 0 16:35Мераб Двалишвили Петр Ян билан қачон жанг қилмоқчи эканини айтди 0 16:14Аморим: "Мен ўзини босслардек кўрсатишни хоҳлайдиганлардан эмасман" 0 15:53Чавандозларимизнинг навбатдаги ғалабаси 0 15:32Дзюдо бўйича Ўзбекистон чемпионатининг барча ғолиб ва совриндорлари маълум + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 15:11"Ундан қўрқдим!". Тайсон Фьюри нима учун стердаун вақтида Усикка қарамагани ҳақида гапирди 0 14:50"Арсенал" "Милан" етакчиларидан бирини нишонга олди 0 14:29Prezident Kubogi. Нодирбек ҳиндистонлик рақибга қарши, Синдаров эса дербидаги ўйинини бошлади 0 14:08Петр Ян: "Энди нима дейсан?" 0 13:47Ислам Махачев Петр Яннинг ғалабасига муносабат билдирди + ФОТО 0 13:26Гвардиола кечаги 0:4 ҳисобидаги мағлубиятдан сўнг нималар деди? 0

13 jan 16:20
Yangiliklar

Futbol

Osiyo kubogi-2023. O'zbekiston - Suriya. Prevyu

Teglar :  Osiyo Kubogi
Bugun Osiyo kubogining "B" guruhi 1-turidan o'rin olgan O'zbekiston - Suriya uchrashuvi bo'lib o'tadi.

O'zaro o'yinlar tarixi

O'zbekiston terma jamoasi Suriya bilan shu kunga qadar olti marta o'zaro o'yin o'tkazgan. Natijalar borasida arab mamlakati vakillari kichik ustunlikga ega.

Etiborlisi, O'zbekiston terma jamoasi ikkala g'alabani ham Toshkentda qo'lga kiritgan. Suriyaga qarshi uch marotaba neytral maydonda o'ynaganmiz va uchalasida ham yutqazganmiz.

Dastlabki uchrashuv 1996 yil BAA mezbonlik qilgan Osiyo Kubogida bo'lib o'tgan. O'shanda Suriya 2:1 hisobida zafar quchgan, biroq ikkala jamoa ham guruhda qolib ketgandi. Bizdan yagona golni "Neftchi" afsonasi Sergey Lebedev penaltidan urgandi.

Navbatdagi ikki o'yinni ko'pchilik yaxshi eslaydi. JCH-2018 saralashi doirasida dastlab Toshkentda o'tgan bahsda vakillarimiz Aleksandr Geynrixning urgan yagona goli evaziga g'alaba qozonishgan - 1:0. Suriyadagi siyosiy vaziyat tufayli Malayziyada tashkil etilgan uchrashuvda esa Suriya so'nggi daqiqalarda Omar Xarbin tomonidan penaltidan urgan goli tufayli zafar quchishgan - 1:0.

2018 yil Toshkentda o'tgan o'rtoqlik uchrashuvida 1:1 hisobi qayd etilgan. Bizdan Marat Bikmaev penaltidan gol urib hisobni ochgandi. Bunga Omar Al Soma javob bergan edi.

2019 yil yana Toshkentda kechgan o'rtoqlik bahsida O'zbekiston terma jamoasi 2:0 hisobida zafar quchgandi. Eldor SHomurodov dublga erishgandi.

2020 yil BAAning SHarja shahrida o'tkazilgan o'rtoqlik o'yinida Mahmud Al Mavasning yagona goli Suriyaga g'alaba taqdim etgan.


O'zbekiston — Suriya o'rtasidagi uchrashuvlar tarixi

1. Osiyo kubogi-1996. O'zbekiston — Suriya 1:2

2. JCH-2018 saralash bosqichi. O'zbekiston — Suriya 1:0

3. JCH-2018 saralash bosqichi. Suriya — O'zbekiston 1:0

4. O'rtoqlik uchrashuvi. O'zbekiston — Suriya 1:1

5. O'rtoqlik uchrashuvi. O'zbekiston — Suriya 2:0

6. O'rtoqlik uchrashuvi. O'zbekiston — Suriya 0:1


O'zbekiston terma jamoasining oxirgi beshta uchrashuvi

O'zbekiston — Xitoy 2:1

O'zbekiston — Turkmaniston 3:1

O'zbekiston — Eron 2:2

O'zbekiston — Qirg'iz Respublikasi 4:1

O'zbekiston — Falastin 1:0


Suriya terma jamoasining oxirgi beshta uchrashuvi

Suriya — Kuvayt 1:2

Suriya — SHimoliy Koreya 1:0

Suriya — Yaponiya 0:5

Suriya — Qirg'iz Respublikasi 1:1

Suriya — Malayziya 2:2

Osiyo kubogidagi ishtirok

O'zbekiston terma jamoasi ketma-ket 8-marotaba qita birinchiligida ishtirok etadi. "Oq bo'rilar" eng yaxshi natijasiga 2011 yil erishgan bo'lib, o'sha musobaqada jamoa 4-o'rinni egallagan.

Suriya esa Osiyo kubogida shu paytga qadar olti marta qatnashib, biror marotaba guruh bosqichidan nariga o'ta olmagan.

Saralash bosqichi

O'zbekiston terma jamoasi saralash bosqichida Tailand, Maldiv orollari va SHri Lankani ortda qoldirdi.

Suriya esa jahon chempionati saralashining oxirgi bosqichiga etib kelgani uchun avtomatik ravishda turnir ishtirokchisiga aylandi.

Turnirga tayyorgarlik

O'zbekiston terma jamoasi Osiyo kubogi arafasida Dubayda yig'in o'tkazdi. Yig'in doirasida ikkita nazorat uchrashuvida maydonga tushgan Srechko Katanec shogirdlari Qirg'iz Respublikasi (4:1) va Falastin (1:0) jamoalarini mag'lub etdi.

Suriya esa Qirg'iz Respublikasi (1:1) bilan Dubayda, Malayziya (2:2) bilan Dohada durang o'ynadi.

Tarkib

Nufuzli Transfermarkt portali O'zbekiston terma jamoasini 25.45 million evro, Suriya terma jamoasini esa 16.58 million evroga baholagan.


O'zbekiston terma jamoasi tarkibi: 1.O'tkir Yusupov ("Navbahor"), 2.Muhammadqodir Hamraliev ("Paxtakor"), 3.Hojiakbar Alijonov ("Paxtakor"), 4.Farruh Sayfiev ("Paxtakor"), 5.Rustam Ashurmatov ("Rubin", Rossiya), 6.Diyor Xolmatov ("Paxtakor"), 7.Otabek SHukurov ("Fotih Karagyumryuk", Turkiya), 8.Jamshid Iskanderov ("Navbahor"), 9.Odil Hamrobekov ("Paxtakor"), 10.Jaloliddin Masharipov ("Panserraikos", Greciya), 11.Oston O'runov ("Navbahor"), 12.Abduvohid Nematov ("Nasaf"), 13.SHerzod Nasrullaev ("Nasaf"), 14.Jamshid Boltaboev ("Navbahor"), 15.Umar Eshmurodov ("Nasaf"), 16.Botirali Ergashuv (OKMK), 17.Bobir Abdixoliqov ("Ordabasi", Qozog'iston), 18.Abdulla Abdullaev ("Xor Fakkan", BAA), 19.Aziz Turg'unboev ("Paxtakor"), 20.Xojimat Erkinov ("Paxtakor"), 21.Igor Sergeev ("Patum Yunayted", Tailand), 22.Abbos Fayzullaev (CSKA, Rossiya), 23.SHahboz Umarov ("Ordabasi", Qozog'iston), 24.Azizbek Amonov ("Xor Fakkan", BAA), 25.Abduqodir Husanov ("Lans", Franciya), 26.Zafarmurod Abdurahmatov ("Nasaf").

Bosh murabbiy: Srechko Katanec (Sloveniya).

Suriya terma jamoasi tarkibi: 1.Ibroohim Alma ("Tishrin"), 2.Aiham Usu ("BK Hakken", SHveciya), 3.Moayad Ajan ("Al Jaish"), 4.Ezeki Ham ("Independiente", Argentina), 5.Omar Midani ("Al Nasr", Kuvayt), 6.Amro Jenyat ("Al Karama"), 7.Omar Xarbin ("Al Vahda", BAA), 8.Komil Hamishoh ("Al Ahli", Bahrayn), 9.Alaa Al Dali ("Naft Missan", Iroq), 10.Muhammad Al Mamur ("Al Ahad", Livan), 11.Pablo Sabbag' ("Alianza Lima", Peru), 12.Ammar Ramadan (DAS, Slovakiya), 13.Toir Kruma ("Al Fotuva"), 14.Muhammad Anez ("Al Riffa", Bahrayn), 15.Xolid Kurdagli ("Al Vehdat", Iordaniya), 16.Elmar Abraham ("Skovde", SHveciya), 17.Fahd Yusuf ("Al SHorta", Iroq), 18.Jalil Elias ("San Lorenco", Argentina), 19.Muyad Al Xuli ("Al Jaish"), 20.Antonio Yoqub ("Gefle", SHveciya), 21.Ibrohim Hisor ("Belgrano", Argentina), 22.Ahmad Madania ("Jable"), 23.Taha Musa ("Al Fotuva"), 24.Abdulrahmon Vays ("Afina Kallifeya", Greciya), 25.Mahmud Al Asvad "Al Karama"), 26.Maksim Sarraf (CSKA, Rossiya).

Bosh murabbiy: Ektor Kuper (Argentina).

Murabbiylar fikri

O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanec o'yindan avvalgi matbuot anjumanida shogirdlarining g'alaba uchun maydonga chiqishini takidladi: "Biz o'zimizning eng yaxshi o'yinimiznimizni ko'rsatishni maqsad qilganmiz. Hammasi oddiy, ertaga uchrashuvda g'alaba qozonish uchun maydonga chiqamiz.

Oldin bir necha marta Suriyaga qarshi o'yinlar o'tkazganman. Ular juda kuchli va keskin jamoa, jangovarlik juda yuqori. Hozir ular haqida barcha narsani bilamiz, ular ham biz haqimizda hamma narsani bilishadi. Bu safar raqib tarkibida yangi futbolchilar bor. Bir nechta kuchli legionerlar ham bor. Bu albatta ularning kuchli tarafi. Suriyaga qarshi o'yin juda qiyin bo'ladi. Umid qilamanki, biz yaxshiroq harakat qilamiz.

Men ancha yildan beri futboldaman. Har safar yangi narsa o'rganman. Oldin zo'r harakat qilgan futbolchi, bu safar yomon o'ynashi mumkin. Futbol shunisi bilan qiziq. Hammasi vaziyatga, referilarga va holatga bog'liq. Umuman har bir detal muhim. Oldindan hech narsani bila olmaymiz. Bizning ishimiz o'z o'yinimizni ko'rsatish va tartibni saqlash."

O'z navbatida, O'zbekistonga begona bo'lmagan Suriya ustozi Ektor Kuper ham yaxshi natija ko'rsata olishiga ishonch bildirdi: "Albatta, men O'zbekistonni yaxshi bilaman. Ammo ularda juda ko'p narsa o'zgarib ketdi - boshqa nomlar, yangi futbolchilar. O'zbekistonda juda zo'r bosh murabbiy bor. Ularning kamchili ham bor. CHunki hammada kamchilik mavjud. Ertaga biz ushbu muammolarni yuzaga chiqara olamiz deb o'ylayman.

Hamma hozirda yaxshi natija ko'rsatishimizga ishonyapti. Biz insonlarga quvonch ulashamiz. Men futbolchilarga aynan shuni eslataman. Yigitlarga ularni oilalari, do'stlari tomosha qilayotganini takidlayman. Futbolchilarga qarata bosimga, quvonchga, his tuyg'ularga hush kelibsiz deymiz."

Qiziqarli faktlar 

- Ikkala terma jamoaning asosiy yulduzlari mazkur musobaqada ishtirok eta olmaydi. O'zbekiston terma jamoasi to'purari Eldor SHomurodov jarohati sabab maydonga tusha olmasa, Suriya etakchisi Omar Soma bosh murabbiy bilan kelishmovchilik tufayli jamoadan chetlashtirilgan.

- Osiyo kuboklardagi umumiy statistika

O'zbekiston  - 28 ta o'yin, 13 ta g'alaba, 4 ta durang, 11 ta mag'lubiyat, 42 ta gol urilgan, 47 ta gol o'tkazilgan.

Suriya - 21 ta o'yin, 7 ta g'alaba, 3 ta durang, 11 ta mag'lubiyat, 17 ta gol urilgan, 28 ta gol o'tkazilgan. 

- O'zbekiston terma jamoasi so'nggi beshta Osiyo kubogida guruh bosqichidan pley-offga chiqishni uddalagan.

- O'zbekiston Osiyo kubogidagi etti ishtirokning beshtasini g'alaba bilan boshlagan. SHu jumladan, oxirgi uchta turnir ketma-ket muvaffaqiyat bilan start olgan. Mazkur besh g'alabaning to'rttasida "oq bo'rilar" darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

- Suriya Osiyo kubogi dastlabki tur doirasidagi olti o'yinning to'rttasida yutqazmagan.

Imkoniyatlar (O'zbekiston g'alabasi–durang–Suriya g'alabasi): 40%-30%-30%


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing