18 jan 17:48
Yangiliklar
Osiyo kubogi. O'zbekistonlik hakamlar navbatdagi uchrashuvga tayinlov oldi
Qatar maydonlarida o'tkazilayotgan Osiyo kubogi musobaqasining “D” guruhi 2-turi doirasidagi Vetnam – Indoneziya o'yinida o'zbekistonlik hakamlar Andrey Capenko (yordamchi hakam) va Timur Gaynullin (yordamchi hakam), shuningdek, Ilgiz Tantashev (yordamchi hakam) sifatida o'yinni boshqarib borishadi. Ushbu uchrashuvni boshqarish 1-turda o'zbekistonlik hakamlar jamoasi safida zaxira hakami sifatida ishlagan tojikistonlik Gulmurodi Sadulloga ishonib topshirildi. VAR hakami Sivakorn Pu-Udom (Tailand) hamda AVAR — Fu Ming (Xitoy).
Etiborli jihati, Andrey Sapenko hamda Ilgiz Tantashev Osiyo kubogi 2-turining o'zida 2ta uchrashuv o'tkazishmoqda. Mazkur bahs 19 yanvar kuni soat 19:30da (Toshkent vaqti bilan) Doha shahridagi “Abdullah bin Halifa” stadionida o'tkaziladi.
Osiyo kubogi | “D” guruhi, 2-tur
VETNAM – INDONEZIYA
19.01.2024 | 19:30
Bosh hakam: Gulmurodi Sadullo
Yordamchi hakamlar: Andrey Capenko, Timur Gaynullin
Zaxira hakami: Ilgiz Tantashev
VAR hakamlari: Sivakorn Pu-Udom, Fu Ming
Fikrlar