06 sen 09:31
Yangiliklar
Futbol
Osiyo kubogi U-23. Bugun olimpiya terma jamoamiz Parij-2024 yo'lidagi yurishini boshlaydi
Bugun Toshkentda Osiyo kubogi U-23 saralash bahslariga start beriladi.
Timur Kapadze shogirdlari saralashning ilk turida Afg'oniston U-23 ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 19:00 da “Jar” stadionida start oladi.
Uchrashuvni Hindiston vakili Prandjal Banerdji boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Unga hamyurti Dutta va Falastin vakili Ashraf Abuzubayda yordam beradi. To'rtinchi hakam esa Xanna Xattab Suriyadan.
Osiyo kubogi U-23 saralash
Toshkent. “Jar” stadioni. 06.09.2023. soat 19:00
O'zbekiston — Afg'oniston
Bosh hakam: Prandjal Banerdji (Hindiston)
Yordamchi hakamlar: Sumanta Dutta (Hindiston), Ashraf Abuzubayda (Falastin)
To'rtinchi hakam: Xanna Xattab (Suriya)
Nazoratchi: Saad Al Fadli (Quvayt)
Komissar: Xamad Axmed Almazrui
Havola :
Fikrlar