16 fev 17:45
Yangiliklar
Futbol
Osiyo kubogida tarixiy natija qayd etgan murabbiy Tojikiston terma jamoasidan ketdi
Tojikiston bosh murabbiyi Petr Segrt shartnomasi tugagani bois terma jamoani tark etdi.
Uning qo'l ostida Tojikiston Osiyo kubogida chorak finalga qadar etib bordi.
Tojikiston futbol Federaciyasi Petr Segrtni ikki yillik hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiradi va keyingi faoliyatida omad tilaydi.
Petr Segrt Tojikiston terma jamoasi 24 ta o'yin o'tkazgan, 11 ta g'alaba, 7 ta durang va 6 ta mag'lubiyat qayd etdi. SHuningdek Segrt qo'l ostida Tojikiston "King’s Cup 2022" va "Merdeka Kubogi" musobaqalarida g'olib bo'ldi.
Tojikiston terma jamoasining yangi murabbiyi nomi tez orada elon qilinadi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar