30 apr 18:47
Yangiliklar
Futbol
SHimoliy makedoniyalik murabbiy Tojikiston MTJga tayinlandi
49 yoshli mutaxassis Igor Angelovskiy Tojikiston terma jamoasi yangi bosh murabbiyiga aylandi.
U jamoani Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadigan 2027 yilgi Osiyo Kubogiga tayyorlaydi.
Angelovskiy ilgari SHimoliy Makedoniya terma jamoasiga murabbiylik qilgan va ularni 2020 yilda ilk bor Evropa chempionatiga olib chiqqandi.
Angelovskiy klub darajasida "Rabotnichki"da faoliyat yuritib, 2013/14 yilgi mavsum SHimoliy Makedoniya chempionligiga erishgan, shuningdek, SHimoliy Makedoniya Kubogini 2 marta (2013/14 va 2014/15) qo'lga kiritgan.
Bundan tashqari, mutaxassis "Gorica" (Xorvatiya), "Kaspiy" (Qozog'iston) va "Etnikos Axnas" (Kipr) jamoalarida ishlagan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar