09 jan 08:47
Yangiliklar
Futbol
Osiyo Kubogidagi ilk raqibimiz o'rtoqlik o'yinida durang qayd etdi
Osiyo Kubogida O'zbekiston bilan bitta guruhdan joy olgan Suriya terma jamoasi Malayziyaga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazdi.
Turnir startidan avval ko'plab jamoalar yopiq eshiklar ortida uchrashuvlar o'tkazmoqda. Bu bahsga ham ikki jamoa vakillaridan boshqa deyarli hech kim kiritilmadi.
Suriya - Malayziya 2:2
Gollar: Pablo Sabbag 70, Ibrohim Hesar 74 - Arif Ayman Xanapi 39, Paul Josue 78.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasining Osiyo Kubogi guruh bosqichidagi dastlabki raqibi Suriya hisoblanadi. Ushbu bahs 13 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:30da start oladi.
Havola :
Fikrlar