15 apr 19:32
Yangiliklar

Osiyo-Okeaniya chempionatining ikkinchi kunida o'zbek sambochilari 10 ta oltin medalga sazovor bo'lishdi
Kun davomida o'zbekistonlik sambochilar barcha 16 ta vaznda kurash olib borishdi. Ularning 14 nafari musobaqani medal bilan yakunladi. 10 nafar hamyurtimiz shohsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarilgan bo'lsa, yana 4 nafar sambochimiz bronza medaliga ega chiqdi.
Sovrindorlarimiz ro'yxati bilan tanishing:
Oltin:
-65 kg: Sarvinoz Esanova
-72 kg: Gulina Obloqulova
-79 kg: SHahriyor Karimov
-98 kg: Mirjalol Normo'minov
+98 kg: Asror Hamidov
-54 kg: Gulsevar O'roqova (ayollar jangovar sambosi)
-59 kg: Xurshida Abduvohidova (ayollar jangovar sambosi)
-65 kg: SHahzoda Azatova (ayollar jangovar sambosi)
-58 kg: Lutfullo Saydamatov (jangovar sambo)
-71 kg: SHarif Kushaev (jangovar sambo)
Bronza:
-80 kg: SHaxnoza Bozorova
+80 kg: CHaros Abdullaeva
-88 kg: Xudoyor Ibroyimov
-50 kg: Vazira Ochilova (ayollar jangovar sambosi)
Eslatib o'tamiz, kecha musobaqaning ilk kunida O'zbekiston terma jamoasi sambochilari 14 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza medallariga ega chiqishgandi.
O'zbekiston sambo associaciyasi matbuot xizmati
Fikrlar