19 avg 09:32
Yangiliklar
Suv sporti turlari, Osiyo o'yinlari
Osiyo o'yinlari-2018. Kozlyuk ham oxiridan ikkinchi+FOTO
Xabar berganimizdek, Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida 18-Osiyo o'yinlari davom etmoqda.
Ayni daqiqalarda suzish bo'yicha saralash bahslari davom etmoqda. Hozirgina hamyurtlarimizdan yana biri Artyom Kozlyuk 200 metr masofaga batterflyay usulda suzish bahslaridagi ishtirokini yakunladi. U o'z guruhidagi 6 nafar ishtirokchi orasida marraga beshinchi bo'lib etib keldi.
Vakilimiz belgilangan masofani 2 daqiqayu 08.93 soniya vaqt bilan bosib o'tdi. SHu masofaga 1 daqiqa 57.23 soniya vaqt sarflagan yaponiyalik Dayya Seto birinchi o'rinni egalladi.
Kamoliddin Alimov (Indoneziya)
Suratlar muallifi - Hasan Pirmuhammedov
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar