So’nggi yangiliklar

14:54"Қолишим 99%". Моуринью "Реал"га қайтиш ҳақидаги хабарлар фонида баёнот берди 0 14:27Конор ва бошқалар. UFC 329 турнирининг асосий кард жанглари маълум қилинди 0 14:01Фрэнсис Нганну Жон Жонсни жангга чақирди, америкалик эса унга жавоб қайтарди 0 13:39UFC Пэдди Пимблеттнинг навбатдаги жангини эълон қилди 0 13:17"Челси"нинг асосий футболчиси ёзда жамоани тарк этади 0 12:51Конор Макгрегор UFC’га қайтиши ҳақидаги анонсга муносабат билдирди 0 12:27Ёш самбочиларимиз Осиё-Океания чемпионатига йўл олишди 0 12:05Расман: Сауль Альварес WBC чемпионлик камари учун жанг қилади 0 11:44Бундеслигада мавсумнинг энг яхши ўйинчиси номи маълум бўлди 0 11:23Ронда Рози, Фрэнсис Нганну, Нейт Диазнинг бугунги жанг учун гонорарлари эълон қилинди 0 11:02Майк Перри - Нейт Диас жангини шифокор тўхтатди 0 10:41Богдан Гусков октагонга қачон қайтишини маълум қилди 0 10:20Ўзбекистон U17 Осиё чемпионати 1/2 финалда ким билан ўйнайди? 0 09:59Ронда Роузи — Жина Карано жанги 17 сония давом этди 0 09:38Grand Chess Tour: Super Chess Classic Romania 2026. Синдаров сўнгги ўринни тарк этди, бугун пешқадамга қарши баҳс! 0

25 avg 07:51
Yangiliklar

Osiyo o'yinlari

Osiyo o'yinlari-2018. Medal jamg'arish bo'yicha 10-o'rindamiz, Xitoyning medallari 140taga etdi! (to'liq jadval)

Indoneziyaning ikki shahri mezbonlik qilayotgan 18-Osiyo o'yinlari o'z ekvatoriga etib keldi.

Kecha musobaqaning oltinchi kungi bahslarida O'zbekiston terma jamoasi azolari 2ta kumush medalni qo'lga kiritishdi. Bugungi bahslar oldidan terma jamoamiz medallar jamg'arish bo'yicha jami 21ta medal bilan jadvalda 10-o'rinni egallab turibdi. Jamoamiz hisobida 4ta oltin, 10ta kumush, 7ta bronza, jami 21ta medal bor. 

Qozog'iston terma jamoasi 3ta oltin, 7ta kumush, 24ta bronza, jami 34ta medalga ega bo'lib turibdi. Yon qo'shnilarimiz umumjamoa hisobida 11-pog'onadan joy olishgan. Kecha Lyucenko velosport musobaqasida Qozog'iston terma jamoasiga uchinchi oltin medalni taqdim etdi. 

SHu kungacha jami roppa-rosa 140ta medalni qo'lga kiritib ulgurgan Xitoy terma jamoasi katta farq bilan medallar jamg'arish bo'yicha birinchi o'rinni egallab turibdi. CHin yurti vakillari 66ta oltin, 46ta kumush, 28ta bronza medali bilan taqdirlanishgan. 

Kuchli uchlikda Yaponiya va Janubiy Koreya terma jamoalari joylashishgan. O'ttiz bitta davlat sportchilariga kamida bitta medal olish nasib qilgan. Yigirma to'rtta mamlakat terma jamoalari hisobida esa kamida bir nafar Osiyo o'yinlari-2018 chempioni bor.   

Kamoliddin Alimov (Palembang, Indoneziya)

Reyting:    

Fikrlar

   
25 avg 14:51:03
BOTIRjon Xoliqov
Nasib etsa kuchli beshlikka kiramiz. Bokschilarimizdan umidimiz katta. Olg‘a, O‘zbekiston!
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing