19 avg 08:56
Yangiliklar
Suv sporti turlari, Osiyo o'yinlari
Osiyo o'yinlari-2018. Tarasenko oxiridan ikkinchi+FOTO
Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida 18-Osiyo o'yinlari davom etmoqda.
Ayni daqiqalarda suzish bo'yicha saralash bahslari davom etmoqda. Hamyurtlarimizdan yana biri Aleksey Tarasenko 200 metr masofaga erkin usulda suzish bahslarida o'z guruhida ettinchi natijani qayd etdi.
Vakilamiz belgilangan masofani 1 daqiqayu 52.02 soniya vaqt bilan bosib o'tib, marraga oxiridan ikkinchi bo'lib etib keldi. SHu masofaga 1 daqiqa 47.60 soniya vaqt sarflagan iordaniyalik Xader Baqlah birinchi o'rinni egalladi.
Kamoliddin Alimov (Indoneziya)
Suratlar muallifi - Hasan Pirmuhammedov
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar