30 sen 15:58
Yangiliklar
Boks/MMA
Osiyo o'yinlari. Ertaga qaysi bokschilarimiz jang o'tkazishadi?
Xitoydagi Osiyo o'yinlarida boks bo'yicha bellashuvlar davom etmoqda.
Ertaga musobaqa doirasida uch nafar bokschimiz ringga ko'tariladi.
Takidlash lozimki, ushbu janglar chorak finallar doirasida o'tkaziladi. G'alaba qozongan bokschi yarim finalga chiqish bilan birga, o'zi uchun medalni naqd qiladi. Ayollar o'rtasidagi bahslarda yarim finalchilar esa Parij Olimpiadasi uchun licenziyalarga ham ega chiqishadi.
Bokschilarimiz ishtirokidagi janglar va boshqanish vaqtlari:
-57 kg: Sitora Turdibekova - Parvin (Hindiston) (11:15 dan so'ng)
-80 kg: To'rabek Xabibullaev - Husseyn Iashish (Iordaniya) (13:10 dan so'ng)
-60 kg: Rayhona Qodirova - Sixi Vu (Xitoy Taypeyi) (16:40 dan so'ng)
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar