21 sen 17:17
Yangiliklar
Osiyo o'yinlari tarixi: 9 ta oltin bilan kuchli o'nlikka kira olmagan O'zbekiston. Incheon-2014ni yodga olamiz
Biz saytimiz orqali O'zbekistonning Osiyo o'yinlaridagi ishtirokiga oid malumotlarni etiboringizga havola qilamiz.
Hisob bo'yicha XVII Osiyo o'yinlari 2014 yilning 19 sentyabr - 4 oktyabr kunlari kunlari Janubiy Koreyaning Incheon shahrida o'tkazilgan.
Ushbu musobaqada O'zbekiston sharafini 31 sport turida 291 nafar sportchi himoya qilgan. Musobaqa yakuniga ko'ra terma jamoamiz azolari 9 ta oltin, 14 ta kumush va 22 ta bronza medalini qo'lga kiritishgan. Umumiy hisobda 45 ta medalga ega chiqqanmiz.
Ochilish marosimida dzyudochi Rishod Sobirov bayroqdor vazifasini bajargan.
Delegaciyamiz musobaqa yakuniga ko'ra, 11-o'rinni egallagan. Mazkur Osiyo o'yinlari O'zbekiston kuchli o'nlikka kira olmagan yagona Osiyo o'yinlaridir.
O'zbekiston sport delegaciyasida oltin medal qo'lga kiritgan sportchilar (9 ta oltin):
1. Svetlana Radzivil (engil atletika, balandlikka sakrash)
2. Ekaterina Voronina (engil atletika, ko'pkurash)
3. Vadim Menkov (eshkak eshish, S-1, 1000 metr)
4. Aleksey Mochalov (eshkak eshish, K-1, 1000 metr)
5. Valeriya Davidova, Raviliya Farxutdinova, Jamila Rahmatova, Anastasiya Serdyukova (badiiy gimnastika, jamoaviy)
6. Jasur Boyqo'ziev (taekvondo)
7. Bekzod Abdurahmonov (erkin kurash)
8. Rashid Qurbonov (erkin kurash)
9. Rustam Assakalov (yunon-rum kurashi)
Fikrlar
Козокистон бу йил 527 стортчи