19 sen 16:39
Yangiliklar
Osiyo o'yinlari tarixi: Bayroqdor Haydarov, chempion Artur Taymazov va Vadim Menkov. Doxa-2006 o'yinlarini yodga olamiz
Biz saytimiz orqali O'zbekistonning Osiyo o'yinlaridagi ishtirokiga oid malumotlarni etiboringizga havola qilamiz.
Hisob bo'yicha XV Osiyo o'yinlari 2006 yilning 1-15 dekabr kunlari Qatar poytaxti Doxa shahrida o'tkazilgan.
Ushbu musobaqada O'zbekiston sharafini 29 sport turida 250 nafar sportchi himoya qilgan. Musobaqa yakuniga ko'ra terma jamoamiz azolari 11 ta oltin, 14 ta kumush va 15 ta bronza medalini qo'lga kiritishgan.
Umumiy hisobda 40 ta medalga ega chiqqanmiz.
Bokschi O'tkirbek Haydarov musobaqada delegaciyamiz bayroqdori vazifasini bajargandi.
Delegaciyamiz musobaqa yakuniga ko'ra, 7-o'rinni egallagan.
O'zbekiston sport delegaciyasida oltin medal qo'lga kiritgan sportchilar (11 ta oltin):
1. Bahodirjon Sultonov (boks)
2. Elshod Rasulov (boks)
3. Rustam Saidov (boks)
4. Vadim Menkov (eshkak eshish, S-1, 1000 m)
5. Yuliya Borzova (eshkak eshish, K-1, 500 m)
6. Dilshod Mansurov (erkin kurash)
7. Artur Taymazov (erkin kurash)
8. Vladimir CHernenko, Ruslan Navruzaliev (akademik eshkak eshish, juftlik)
9. Sevara Ganieva, Zarina Ganieva (akademik eshkak eshish, juftlik)
10. Go'zal Xubbieva (engil atletika, 100 metrga yugurish)
11. Sofiya Kaspulatova (karate)
Fikrlar