15 sen 15:39
Yangiliklar
Osiyo o'yinlari tarixi: Muhammadqodir Abdullaev va Ruslan CHagaev oltin olgan Bangkok-98
Biz saytimiz orqali O'zbekistonning Osiyo o'yinlaridagi ishtirokiga oid malumotlarni etiboringizga havola qilamiz.
Hisob bo'yicha XIII Osiyo o'yinlari 1998 yilning 6-20 dekabr kunlari Tailandning Bangkok shahrida bo'lib o'tgan.
Mazkur musobaqada O'zbekistondan 168 nafar sportchi 21 sport turi bo'yicha ishtirok etgan. Musobaqa yakuniga ko'ra terma jamoa azolari 6 ta oltin, 23 ta kumush va 15 ta bronza medallarini qo'lga kiritgan. Umumiy hisobda esa 40 ta medalga ega chiqqanmiz.
Medallarimizni sport turlari kesimida oladigan bo'lsak natijalar quyidagicha bo'lgan:
O'zbekiston sport delegaciyasi yakunda umumjamoa hisobida o'ninchi o'rinni egallagan.
O'zbekiston sport delegaciyasida oltin medal qo'lga kiritgan sportchilar (6 ta oltin):
1. Muhammadqodir Abdullaev (boks)
2. Sergey Mixaylov (boks)
3. Ruslan CHagaev (boks)
4. Sergey Voynov (nayza uloqtirish, engil atletika)
5. Oleg Veretelnikov (ko'pkurash, engil atletika)
6. Rafael Islamov, Andrey SHilin, Vladimir Kazancev, Konstantin Yashin (K-4, 1000 metr, kanoeda eshkak eshish)
Fikrlar