03 okt 21:11
Yangiliklar
Osiyo o'yinlari
Osiyo o'yinlari. Uchta oltin qo'lga kiritilgach, medallar jamg'arish reytingidagi o'rnimiz qanday?
Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlarida o'ninchi kun bellashuvlari o'z nihoyasiga etdi.
Bugun kun davomida faqatgina eshkak eshish, velosport va engil atletika bahslarida oltin medallar qo'lga kiritdik. Umumiy hisobda kunni 3 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza bilan yakunladik.
Umumiy medallarimiz soni 50 taga etdi. Ularning 14 tasi oltin, 15 tasi kumush va 21 tasi bronza medallaridir.
Umumjamoa hisobida beshinchi o'rinni egallab turibmiz.
Havola :
Fikrlar